“UzGasTrade” AJning Ichki audit xizmati xodimlarini (xizmat raxbari va hodimi) tanlash bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.
Nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
– oliy ta’lim (bakalavr, magistr);
– buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida so‘nggi o‘n yil ichida kamida ikki yil davomida amaliy ish tajribasi (shu jumladan o‘rindoshlik yo‘li bilan);
– ularni tartibga soluvchi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilish;
– ichki auditor sertifikatining mavjudligi;
– aksiyadorlik jamiyatida ish tajribasi;
– MHMS va MHXS bo‘yicha sertifikatlar va ish tajribaga ega bo‘lish maqbuldir.
Tanlov www.uzgastrade.uz saytida joylashtirilgan “UZGASTRADE” AJ Ichki audit xizmati hodimlarini tayinlash bo‘yicha nizomiga asosan o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar muhrlangan konvertda quyidagi manzilga Toshkent vaqti bilan 2024 yil 31 iyul kuni soat 18:00 gacha yuborilishi kerak: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 32A uy.
e-mail: info@uzgastrade.uz
Murojaat uchun telefon: (55) 506-05-06 (ichki: 214).