Joriy yilning 28-aprel kuni “Yangi Nafas” yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatimizning 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan har bir fuqarosini “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” rasmiy shiori ostida birlashtirdi. “UzGasTrade” AJ da faoliyat olib borayotgan yugurish ixlosmandlari ham bu kabi tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Xususan, 21-aprel kuni Humo Arena sport majmuasi maydonida 45 ta davlatdan 5000 ga yaqin yuguruvchini toʻplagan VI BYD Toshkent xalqaro marafoni kabi nufuzli tadbirdagi ishtiroklari ham Jamiyat xodimlarining yugurish tajribasini orttirdi.