Jamiyatda har seshanba kuni “Maʼnaviyat soati” oʻtkazish odat tusiga kirdi.
Bugun ham ZOOM platformasi orqali Jamiyatning Markaziy hamda hududiy boʻlinma xodimlari ishtirokida navbatdagi Maʼnaviy soat yurtimizda eʼlon qilingan 2024-yil “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” mazmun-mohiyatining targʻibotiga bagʻishlandi.
Seminarda mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati va tadbirkorlikka yaratilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.