Bugun ZOOM platformasi orqali Jamiyatning Markaziy hamda hududiy boʻlinma xodimlari ishtirokida navbatdagi Maʼnaviyat soati boʻlib oʻtdi. Seminar taniqli va iqtidorli oʻzbek shoirasi, yorqin rassom, oddiy inson qalbini oʻtkir his qilgan - mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol- Zulfiyaning hayoti va ijodiga bagʻishlandi.
Seminar davomida “UzGasTrade” AJ xodimlari tomonidan Zulfiyaxonim ijodidan sheʼrlar oʻqildi hamda Jamiyat xotin-qizlarini yaqinlashib kelayotgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirildi.