“UzGasTrade” AJda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasining mazmun-mohiyatining targʻibotiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Barcha yangiliklarga

Bugun ZOOM platformasi orqali Jamiyatning Markaziy hamda hududiy boʻlinma xodimlari ishtirokida navbatdagi Maʼnaviyat soati boʻlib oʻtdi. Unda “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasi doirasida oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan barcha maqsadlarga erishish, Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalar, shuningdek, Jamiyatni isloh etish va rivojlantirish strategiyasi yoʻnalishlari haqida soʻz bordi.

Seminarda Jamiyatning Strategiya va hududiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan infografika tarzida ishlab chiqilgan korxonani rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisidagi namoyish hodimlar diqqatiga havola etildi hamda qizgʻin muzokaralar tarzida boʻlib oʻtdi.

Yagona onlayn platformaga o'tish