2023-yil 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Davlatimiz rahbari madaniy hordiq olish jarayonlarini rivojlantirish doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida toʻxtalib, barcha korxona va muassasalarda har oyning bir kunini “Teatr kuni” deb eʼlon qilish, xodimlarning teatrlarga borishini yoʻlga qoʻyish foydali ekanligini taʼkidlab oʻtdilar.
“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida ham bu boradagi ishlar tizimli tashkil etildi. Endilikda xodimlarning madaniy hordiq olishlari tizimli yoʻlga qoʻyilib, har oyning oxirgi chorshanbasi “Teatr kuni” deb belgilandi hamda xodimlarning yil davomida Toshkent shahrida joylashgan teatr tomoshalariga tashrifi yoʻlga qoʻyildi.