“Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar.

Barcha yangiliklarga

Mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, “yashil maydonlar”ni kengaytirish ishlariga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Sohada masʼul tashkilotlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish borasida yigirmaga yaqin Prezident farmon va qarorlari, davlat dasturlari, strategiyalar qabul qilindi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda bahorgi daraxt ekish mavsumida koʻkalamzorlashtirish ishlari jadal suratlar bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonda, “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham faol ishtirok etib, yashil maydonlarni kengaytirishga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.

Jumladan, “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida, 2025-yil 10-mart sanasidan boshlab xodimlar oʻzlari istiqomat qiladigan xonadonlari va mahallalari hududida  mevali va manzarali daraxtlar ekish ishlarini boshlab yuborishdi.

Daraxtlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bogʻlar hosil qilish                  va koʻkalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi. Ekilgan koʻchatlar muntazam ravishda agrotexnik talablar asosida parvarish qilinib, mineral va organik oʻgʻitlar bilan oziqlantiriladi va zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

Yagona onlayn platformaga o'tish