“Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini taʼminlash borasidagi ishlarda “UzGasTrade”AJ xodimlari ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Barcha yangiliklarga

Aytish kerak, daraxtlar sof havo, inson salomatligi uchun kerak boʻlgan kislorod manbaidir. U nafaqat tabiat uchun koʻrk, atrof-muhit musaffoligi uchun chang yutuvchi manba, kislorod taʼminot zanjirining ajralmas qismidir.

Goʻzallik, yaratuvchanlik va kelgusi avlodga gʻamxoʻrlik ajdodlarimizdan bizga meros. Anʼanalarning davomi esa borliqni asrash, ekologik muammolarni bartaraf etishda faollikni talab etadi. Ota-bobolarimiz bir daraxt kessang oʻnni ek, deb bekorga aytmagan. Yildan-yilga ekologik vaziyat taranglashib borayotgan, choʻllanish va qurgʻoqchilik tobora avj olayotgan bir paytda har bir qarich yerga nihol ekish, uni parvarishlash orqali ekohalokatning oldini olish har birimizning burchimizdir.

Yagona onlayn platformaga o'tish