21-mart – Navroʻz umummilliy bayram munosabati bilan “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida “Anʼana, urf-odat va qadriyat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Barcha yangiliklarga

Joriy yilgi Navroʻz umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanmoqda.

Bugun “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida ham sana munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida, unda ishtirok etgan, Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻqituvchisi Akbarjon Komilovich Abduraimov, Navroʼz bayramning tarixiy ildizlari, uning kelib chiqishi va bayramning xalqimiz milliy madaniy tarixida tutgan oʼrni haqida tushunchalar berdi.

Shuningdek, tadbirda Navroʼz ayyomi arafasida, xalqimizning qadimiy va goʼzal anʼanalaridan “Har kuni, har kimga savob qil” shiori ostida “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan va koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish kabi ezgu ishlarga eʼtibor qaratildi.

Tadbirda mahallalarda, ish joylari va mehnat jamoalarida milliy oʻyinlar “Oq terakmi, koʻk terak?”, “Kuch sinash”, “Arqon tortish”, “Chillak” kabi oʻyinlar, “Koʻpkari”, “Dorboz”, “Yurtim polvonlari” kabi xalq oʻyinlarini musobaqalarni tashkil etish, ularni xalqimiz milliy anʼanalarida tutgan oʼrni xususida ham soʼz bordi. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda, Oʻzbek xalqining milliy liboslarini ommalashtirish maqsadida, “Milliy libosimiz – maʼnaviyatimiz koʻzgusi”, “Liboslarda jilolangan qadriyat” mavzulari ham yoritib oʼtildi. Unda, xodimlarga “Milliy libos”, “Mehmondoʻstlik merosimiz” chelenjlarini tashkil qilish, Xalq ogʻzaki ijodi (xalq qoʻshiqlari, laparlari, maqollar, topishmoqlar, dostonlar)ni yoshlar orasida keng targʻib qilish tavsiya etildi.

Bundan tashqari, tadbirda “Yashil hudud” shiori ostida, “Yaxshidan bogʻ qoladi”, “Har bir yoshga – bir nihol”, “Jamoamiz bogʻini yaratamiz” kabi tadbirlar ostida, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda bahorgi daraxt ekish mavsumida koʻkalamzorlashtirish ishlari jadal suratlar bilan olib borilayotganligi va ushbu jarayonlarda har bir vatanparvar fuqaro faol boʼlishi ham qarz ham farz ekanligi taʼkidlandi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir soʼngida, ishtirokchilar Navroʼz bayrami va milliy qadriyatlarimiz haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga ham javoblar olishdi.

Yagona onlayn platformaga o'tish