Mamlakatimizda davlat va jamiyat boshqaruvining turli sohalarida korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish borasida keskin va murosasiz kurash olib borishga jiddiy kirishildi.
Shunga qaramay, mazkur illat davlatning ayrim sohalarida uchrayotganligi mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga albatta oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatib kelmoqda.
Faoliyatimizni qaytadan xolis tahlil qilib, oldimizga qo‘yilgan ustivor vazifalarni shaxsiy manfaatimizdan ustun qo‘ygan holda sidqidildan bajarishga barcha kuch va salohiyatimizni safarbar etaylik. Jamiyat xar bir xodimining eng avvalo yuragi, vijdoni va qo‘li toza, ko‘ngli ochiq, aql va zakovat sohibi bo‘lsa, u albatta el-yurt ishonchini, mehrini va e’tiborini qozona oladi. Shunday ekan, go‘zal va betakror yurtimizning bugungi va ertangi kuni, yorug‘ kelajagi uchun avvalambor o‘zimiz mas’ul ekanligimizni unutmaylik.
Korrupsiya nafaqat mamlakatga moddiy yoʻqotish olib keladi, balki tadbirkorlik rivojiga, qonun ustuvorligini shakllantirishga toʻsqinlik qiladi, jamiyatda ijtimoiy keskinlikni, hokimiyatga ishonchsizlikni keltirib chiqaradi, halokatli ogʻir oqibatlarga olib keladi.
Korrupsiya va poraxoʻrlik jamiyat barqarorligining muhim asosi boʻlgan adolatning yoʻqolishiga olib keladi. Mamlakatimiz mustahkamligi, xalqimiz farovonligi, yurtning rivoji va gullab yashnashini, obod boʻlishini istagan har bir fuqaro pora olish va berish illatidan xalos boʻlishi, bir soʻz bilan aytganda “halollik vaksinasi” bilan emlanishi kerakdir.
Ish faoliyatimizda korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz munosabatda boʻlish, xalqimizga halol va sadoqat bilan xizmat qilishni asosiy burchimiz va vazifamiz deb, bilaylik.
Davlatimiz rahbari tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi”da belgilab berilgan maqsadlar, shuningdek mahalliy ijro hokimliklari oldiga qoʻyilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini soʻzsiz va ogʻishmay bajarilishini taʼminlaylik.
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib boraylik!