Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Barcha yangiliklarga
Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, (https://lex.uz/ru/docs/-6000285) joriy yilning mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq  funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi (Reyestr loyihasi) shakllantirildi.

Reyestr loyihasi Agentlik tomonidan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirildi.

Keng jamoatchilik ushbu havola orqali (http://e-anticor.uz/oz/ratings/registry) davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.

Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlari shakllantirilib, davlat tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va yil yakuniga qadar belgilangan choralar amalga oshiriladi.
——————————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Yagona onlayn platformaga o'tish