Unda Jamiyatning Ichki audit xizmati auditori, Phd, dotsent S.Abdullayeva tomonidan “yashil” iqtisodiyot va “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturini mazmun-mohiyati yoritildi. Shuningdek, xodimlar tomonidan mavzuga doir qiziqarli ma’lumotlar, fikr-mulohazalar bildirildi. Seminar ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.