2023-yil 7-oktabr kuni Moskvada uch davlat yetakchilari - Shavkat Mirziyoyev, Qosim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin Rossiya tabiiy gazini Qozogʻiston hududi orqali Oʻzbekistonga yetkazib berilishini boshlab berishdi.
“UzGasTrade” va “Gazprom eksport” o‘rtasidagi tijoriy shartnoma
2 yil muddatga tuzilgan bo‘lib, qariyb 6 mlrd kub metr gaz yetkazishni koʻzda tutadi.
Oʻzbekiston prezidenti Qozogʻiston va Rossiya rahbarlariga ushbu loyihani amalga oshirishda shaxsan koʻrsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
Ushbu yirik loyihaning roʻyobga chiqarilishi va uning natijalari uch mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.