
Bugun “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida “Sogʻlom muhit – sogʻlom jamoa” mavzusida jamoaviy ruhiyatni shakllantirishga qaratilgan seminar - trening
boʻlib oʻtdi.
Seminar-treningni Boshqaruv raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.Nusharova kirish soʻzi bilan ochib, jamoada sogʻlom muhitni yaratish va sogʻlom turmush tarzi qoidalari haqida gapirib oʻtdi.
Treningda xavaskor sportchi, Dispetcherlik boʻlimi bosh mutaxassisi I.Mirxamidov tomonidan tinglovchilarga jamoada sogʻlom muhitni shakllantirishda jamoaviy sport oʻyinlarining oʻrni, jismoniy mashq texnikalari, ularning foydalari haqida tajribalari bilan boʻlishib, ishtirokchilarni jarayonga faol jalb etish maqsadida, savol-javob, bahs-munozara metodlaridan foydalanildi. Seminar-trening koʻtarinki ruxda tashkil etilib, qizgʻin bahs-munozaralarga boy boʻldi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.