Bugun “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bilan hamkorlikda “Sogʻ tanda sogʻlom aql” shiori ostida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga doir tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani Tibbiyot birlashmasining Sogʻlom turmush tarzi shifokori F.S.Tashpulatova ishtirok etdi va Jamiyat xodimlariga sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining barqaror tibbiy madaniyatini shakllantirish yuzasidan foydali maʼlumotlar berdi.

Yagona onlayn platformaga o'tish