«Oʻz oldiga buyuk maqsadlar qoʻygan xalq faqat sogʻlom va baquvvat boʻlgan taqdirdagina koʻzlagan marralariga erisha oladi. El-yurtning sogʻlom boʻlishi, ulkan ishlarga qodir boʻlishida esa, hech shubhasiz, jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati beqiyos».
Sh.Mirziyoyev
2025-yilning 13-aprel kuni poytaxtda VII Toshkent xalqaro marafoni boʻlib oʻtdi. Marafon “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi atrofida oʻtkazilib, 8 mingga yaqin professional sportchi hamda havaskorlarni birlashtirdi. Tadbirda «UzGasTrade» aksiyadorlik jamiyatining bir qator xodimlari ham 3 km masofaga yugurishda faol ishtirok etib, xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda oʻz hissalarini qoʻshdilar. Zero, sport inson va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega, jismoniy va maʼnaviy sogʻlomlikning asosidir.