Xotira – abadiy, qadr – muqaddas

Barcha yangiliklarga

      Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulugʻ fazilatlaridan hisoblanadi. El-yurtining tinchligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardogʻida, eʼzozidadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini koʻrsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh timsoli boʻlgan nuroniy momolarimizni xotirlash, ularga gʻamxoʻrlik va eʼtibor koʻrsatish mustaqillik yillarida yangicha maʼno-mazmun aks etdi.

      Shu kunlarda yurtimizda 9-may “Xotira va qadrlash” kuni keng nishonlanlash masadida turli tadbirlar boshlanib ketgan.

      Bugun “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida ham “Xotira – abadiy, qadr – muqaddas” shiori ostida seminar tashkil etildi. Seminarga tarix fanlari doktori, "Maʻrifat" targʻibotchilar jamiyati aʻzosi Fayzulla Ernazarov koʻhna tarix, mustaqillikkacha bosib oʻtilgan yoʻl hamda asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Qodiriy, Behbudiy, Munnavar-qori, Choʻlpon, Avloniy, Fitrat, Usmon Nosir kabi milliy qahramonlarimizni yorituvchi maʻnaviy-maʻrifiy maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Yagona onlayn platformaga o'tish