“UzGasTrade” AJ - Tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish Funksiyasini bajaradi

Tashkilot siyosati

Axborot xavfsizligi

Bugungi kunda axborot xavfsizligi "UzGasTrade" AJning eng muhim yo'nalishlaridan biri sifatida tan olingan. O'z navbatida, axborot xavfsizligi ma'lumotlar va yordamchi infratuzilmani har qanday tasodifiy yoki qasddan amalga oshirilgan tashqi ta'sirlardan himoya qilishni anglatadi. Uning asosiy vazifasi - ma'lumotlarning maxfiyligi va ularning  yaxlitligini himoya qilishdan iborat.

Hozirgi kunda Jamiyatning  axborot xavfsizligi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5349-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi "Axborot texnologiyalarini joriy etish ustidan nazorat tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4024-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi "“Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida "gi PF-6079-sonli Farmoniga muvofiq ta'minlanmoqda.

Monopoliyaga qarshi komplaens

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi "Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 114-son qaroriga muvofiq "UzGasTrade" AJ tashkiliy tuzilmasida koplaens-nazorat xizmati nazarda tutilib, unga monopoliyaga qarshi komplaens tizimi hamda raqobat qonunchiligiga muvofiqligini ta'minlash, ularning buzilishi xavfini aniqlash va oldini olish vakolatlari yuklatilgan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori 1-ilovasining 20-bandiga muvofiq xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish xavfini kamaytirish bo'yicha monopoliyaga qarshi komplaens tizimi hisoboti tasdiqlangach, o'zining rasmiy veb-saytida joylashtirilib, monopoliyaga qarshi organga o'tkazilishi belgilangan.

"UzGasTrade" AJ komplaens-nazorat xizmati tomonidan raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish xavfini kamaytirish bo'yicha o'tkazilgan monitoring natijalari yuzasidan monopoliyaga qarshi komplaens to'g'risida tuzilgan hisobot “UzGasTrade” AJning rasmiy veb-saytida har chorakda joylashtiriladi.

Monopoliyaga qarshi komplaens tizimi monitoringi va faoliyatini ta'minlovchi "UzGasTrade" AJ komplaens-nazorat xizmati mas`ul shaxsining elektron pochta manzili: compliance@uzgastrade.uz, ishonch telefon raqami: 55-506-05-06 (227)

Komplaens Nazorat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2020 yildagi “Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4664-sonli qaroriga muvofiq “UzGazTrade” AJ tizimida shaffoflikni yanada oshirish maqsadida “komplaens-nazorat” xizmati tashkil etilgan.

 Komplaens-nazorat xizmati tomonidan muntazam ravishda korruptsiya risklari baholanib, korrupsiyaga qarshi kurashish tartib-taomillari samaradorligi monitoring qilib boriladi hamda “UzGazTrade” AJ xodimlari faoliyatining korruptsiyaviy xatti-harakatlati nazorat qilib boriladi. 

“UzGazTrade” AJning rahbar va xodimlar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar yoki korruptsiya bilan bo`liq holatlar sodir etilganligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lgan taqdirda Jamiyatning rasmiy www.uzgastrade.uz veb-sayti yoki anticorruption_compliance@uzgastrade.uz elektron pochtasi orqali xabar qilish mumkin. Bundan tashqari Jamiyatning Facebookdagi rasmiy sahifasi www.facebook.com/UzgastradeAnticorruption orqali; Jamiyatning telefon raqamlari orqali (ishonch (55)506-05-06 (ichki 210) va komplayens nazorat bo‘limi xodimi telefon +99893-422-01-11 raqamlari orqali); Jamiyatning telegram boti (@UzgastradeAnticorruptionBot).

Xavfsizlik texnikasi

Gaz ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi korxonalarda va uni tashishda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik choralarini tashkil etishda amaldagi qoidalar va qoidalarga rioya qilish talab etiladi.

Gaz ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi korxonalarda va uni tashishda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar sifatida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:

• gazni qazish, tozalash va tashish doirasida butun texnologik jarayonni to‘liq germitizasiyalash;

• texnologik uskunalarni xavfsizlik uskunalari bilan jihozlash;

• uskunani undagi mumkin bo‘lgan maksimal bosimdan kelib chiqqan holda, ochiq maydonlardagi jihozlar uchun esa - yozda quyosh radiatsiyasi tufayli isishini hisobga olgan holda tanlash;

• amaldagi qoidalar va normalar talablariga muvofiq asbob-uskunalar va boshqa tuzilmalar o‘rtasida yong‘inga qarshi choralarni ta‘minlash;

• avariya holatlarida signal beruchi uskunalarning normal ishlashini ta‘minlash;

• texnologik asbob-uskunalarni ta‘mirlash ishlarini ishlab chiqarishda ko‘p mehnat talab qiladigan jarayonlarni mexanizatsiyalash.

Bugungi kunda neft va gaz sanoatida xavfsizlikni muhofaza qilish quyidagi qoidalar va qoidalar bilan tartibga solinadi:

O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat» boshlig‘ining “Gazni qayta ishlash zavod va korxonalari uchun xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2008 yil 28 noyabrdagi 262-son buyrug‘i;

O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat “Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining “Neft va gaz sanoatida burg‘ulash uskunalariga bo‘lgan xavfsizlik uchun talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2008 yil 4 dekabrdagi 279-sonli buyrug‘i."

Ommaviy murojaat

Muvaffaqiyatli!

Murojaatingiz qabul qilindi, belgilangan tartibda javob beriladi.

TUSHUNARLI

Bizning ishimizda kamchilik sezdingizmi? Bizga xabar bering!

Murojaat toifasi

Keyingi bo'lim
Tadbirkorlarga
Yagona onlayn platformaga o'tish