“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatining hududiy boʼlinmalari vakillari uchun oʼquv-seminar trening tashkil etildi. 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumini betalofat oʼtkazish va mavsumga munosib tayyorgarlik koʼrish boʼyicha jamiyat oldida turgan vazifalar muhokama qilindi va topshiriqlar belgilandi.
Joriy yilning 19-21 oktabr kunlari Toshkent shahrida “UzGasTrade” AJ hududiy boʼlinmalarida faoliyat yuritayotgan vakillarning bilim va koʼnikmalarini yanada oshirish hamda hamkor tashkilotlar bilan ishlashda ustuvor vazifalarni amalga oshirishda oldimizda turgan topshiriqlar doirasida oʼquv-seminar trening boʼlib oʼtdi.
Jamiyat oldida belgilangan vazifa va funksiyalar toʼgʼrisida markaziy apparat malakali xodimlar tomonidan mijozlar hamda hamkor tashkilotlar bilan ishlashda ularga qulayliklar yaratish, hududiy boʼlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, tabiiy gaz logistikasiga oid masalalarini takomillashtirish hamda mahsulot sifati va hisobini monitoring qilishda amalga oshirilishi kerak boʼlgan ishlar yuzasidan, ayniqsa tabiiy gazni transportirovkasi boʼyicha tomonlar oʼrtasidagi kelishuv shartnomasi shartlarini sifatli bajarilishi, isteʼmolchilarga mahsulotni oʼz vaqtida yetkazishda jamiyat majburiyatlarini bajarishda ishlarni toʼgʼri tashkil etish masalalari boʼyicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, oʼquv-seminar trening davomida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi PQ–157-son qaroriga muvofiq tabiiy gazni qazib olishdan yakuniy isteʼmolchilarga etkazib berishgacha boʼlgan jarayonlarni toʼliq avtomatlashtirish orqali uning aniq hisobini yuritish boʼyicha belgilangan topshiriqqa asosan jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab ishga tushirilgan onlayn platforma “ASKUG YUR” axborot tizimi boʼyicha hududiy vakillarga taqdimot metarillari orqali atroflicha tushuntirilishlar berildi. Taqdimot materiallari xodimlarning kelgusi ish faoliyatida foydalanish uchun qoʻshimcha maʻlumot bazasi yaratish uchun taqdim etildi.
Shu bilan birga, 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik koʼrish, yuzaga kelishi mumkin boʼlgan holatlar boʼyicha oldindan choralar koʼrish yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Jumladan, havo harorati pasayib ketishi va isteʼmol hajmi ortishi natijasida gaz taqsimlash punktlari va gaz tarmoqlari holatini tegishli masʼullar tomonidan shayligini koʼrish, tabiiy gazni yetazib berishda hech qanday yoʼqotishlarsiz, shuningdek joylarda isteʼmolchilarni tarmoqdan ogohlantirmasdan uzish holatlariga yoʻl qoymaslik boʼyicha vazifalar belgilab olindi.
Oʼquv-seminar trening yakuni bilan bir qator topshiriq va vazifalar berildi hamda bu kabi tadbirlarni doimiy ravishda oʼtkazishga kelishib olindi.