Iste’molchilarning gaz hisoblash uskunasi davlat qiyoslovidan o‘tkazishda “UzGazTrade” AJning mas’ullari ishtirok etmoqda

Barcha yangiliklarga
Hamkor tashkilotlar bilan “UzGazTrade” AJning mas’ullari joylarda iste’molchilarning elektron gaz hisoblash uskunalarini davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilishida ishtirok etmoqda. Xususan, joriy yil oktyabr oyining o‘tgan davrida 14 ta, jumladan, Samarqand viloyatida 6 ta, Qashqadaryo viloyati 3 ta, Toshkent viloyatida 2 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 ta, Navoiy viloyatida 1 ta, Sirdaryo viloyatida 1 ta iste’molchilarning obyektlariga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblash uskunalarini navbatdagi qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazishda jamiyat malakali mutaxassislari ishtirok etdi.

Shundaylardan biri, Samarqand viloyatida faoliyat olib boruvchi “Motrid Gaz Station” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli elektron gaz hisoblash uskunasini navbatdagi davlat qiyoslovi ko‘rigidan o‘tkazildi va dalolatnoma rasmiylashtirildi. Ko‘rik natijasidan kelib chiqib, o‘rnatilgan tartibda iste’molchiga o‘lchash vositasini qiyoslash guvohnomasi taqdim etildi.
Yagona onlayn platformaga o'tish