Unda korrupsiya holatlari, hozirgi kunda koʻpayib borayotgan fuqarolarning bank plastik kartochkalari va bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarining oʻgʻirlik yoʻli bilan talon-toroj qilish, firibgarlik holatlari toʻgʻrisida soʻz borib, bu holatlarning oldini olish maqsadida huquqiy savodxonlikni oshirish, qonun hujjatlari, inson huquq va erkinliklarining huquqiy asoslari yaratilishi va uning amalda qoʻllanishi hamda kafolatlari, korrupsiya holatlarini oldini olish, bank plastik kartalaridan toʻgʻri foydalanish tartibi toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi. Semenar yakunida Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan huquqiy savodxonlikni oshirish, turli aldov va firibgarlarning nayranglaridan himoyalanish, bank plastik kartalaridan toʻgʻri foydalanishni targʻib qiluvchi targʻibot materiallari (videolavhalar) namoyish etildi.