Joriy yilning 6 dekabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida yoqilgʼi-energetika sohasida faoliyat olib borayotgan Markaziy va hududiy mutaxassislar uchun maxsus oʼquv-seminarda “UzGazTrade” АJ Boshqaruv Raisi А.Аgzamov maʼruza bilan ishtirok etdi.
Bugungi kunda Jamiyatning transformatsiya jarayonlari va sohada olib borilayotgan islohotlar toʼgʼrisida oʼquv-seminar ishtirokchilariga maʼlumotlar berildi, shu bilan birga mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan muhokama, savol-javoblar bilan qizgin tarzida boʼlib oʼtdi.