Sayt test rejimida işlamoqda


Axborot xavfsizligi

Bugungi kunda axborot xavfsizligi "UzGasTrade" AJning eng muhim yönalişlaridan biri sifatida tan olingan. Öz navbatida, axborot xavfsizligi ma'lumotlar va yordamçi infratuzilmani har qanday tasodifiy yoki qasddan amalga oşirilgan taşqi ta'sirlardan himoya qilişni anglatadi. Uning asosiy vazifasi - ma'lumotlarning maxfiyligi va ularning  yaxlitligini himoya qilişdan iborat.

Hozirgi kunda Jamiyatning  axborot xavfsizligi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi PF-5349-son Farmoni, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi "Axborot texnologiyalarini joriy etiş ustidan nazorat tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi PQ-4024-son qarori va Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi "“Raqamli Özbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlaş va uni samarali amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida "gi PF-6079-soni Farmoniga muvofiq ta'minlanmoqda.

Monopoliyaga qarşi komplaens

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi "Monopoliyaga qarşi komplaens tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida"gi 114-son qaroriga muvofiq "UzGasTrade" AJ taşkiliy tuzilmasida koplaens-nazorat xizmati nazarda tutilib, unga monopoliyaga qarşi komplaens tizimi hamda raqobat qonunçiligiga muvofiqligini ta'minlaş, ularning buzilişi xavfini aniqlaş va oldini oliş vakolatlari yuklatilgan.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori 1-ilovasining 20-bandiga muvofiq xöjalik yurituvçi subyekt tomonidan raqobat töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş xavfini kamaytiriş böyiça monopoliyaga qarşi komplaens tizimi hisoboti tasdiqlangaç, özining rasmiy veb-saytida joylaştirilib, monopoliyaga qarşi organga ötkazilişi belgilangan.

"UzGasTrade" AJ komplaens-nazorat xizmati tomonidan raqobat töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş xavfini kamaytiriş böyiça ötkazilgan monitoring natijalari yuzasidan monopoliyaga qarşi komplaens töğrisida tuzilgan hisobot “UzGasTrade” AJning rasmiy veb-saytida har çorakda joylaştiriladi.

Monopoliyaga qarşi komplaens tizimi monitoringi va faoliyatini ta'minlovçi "UzGasTrade" AJ komplaens-nazorat xizmati mas`ul şaxsining elektron poçta manzili: compliance@uzgastrade.uz, işonç telefon raqami: 55-506-05-06 (227)

Komplaens Nazorat

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2020-yildagi “Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-6013-son Farmoni hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2020-yildagi “Neft-gaz tarmoğining moliyaviy barqarorligini oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-4664-sonli qaroriga muvofiq “UzGazTrade” AJ tizimida şaffoflikni yanada oşiriş maqsadida “komplaens-nazorat” xizmati taşkil etilgan.

Komplaens-nazorat xizmati tomonidan muntazam ravişda korrupsiya risklari baholanib, korrupsiyaga qarşi kuraşiş tartib-taomillari samaradorligi monitoring qilib boriladi hamda “UzGazTrade” AJ xodimlari faoliyatini korrupsiyaviy xatti-harakatlari nazorat qilib boriladi. 

“UzGazTrade” AJning rahbar va xodimlar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar yoki korrupsiya bilan boğliq böliq holatlar sodir etilganligi töğrisida ma'lumotlar mavjud bölgan taqdirda Jamiyatning rasmiy www.uzgastrade.uz veb-sayti yoki anticorruption_compliance@uzgastrade.uz elektron poçtasi orqali xabar qiliş mumkin. Bundan taşqari Jamiyatning Facebookdagi rasmiy sahifasi www.facebook.com/UzgastradeAnticorruption orqali; Jamiyatning telefon raqamlari orqali (işonç (55)506-05-06 (içki 210) va komplayens nazorat bölimi xodimi telefon +99893-422-01-11 raqamlari orqali); Jamiyatning Telegram boti (@UzgastradeAnticorruptionBot) orqali axborot beriş mumkin.

Xavfsizlik texnikasi

Gaz işlab çiqaruvçi, qayta işlovçi korxonalarda va uni taşişda mehnatni muhofaza qiliş va xavfsizlik çoralarini taşkil etişda amaldagi qoidalarga rioya qiliş talab etiladi.

Gaz işlab çiqaruvçi, qayta işlovçi korxonalarda va uni taşişda mehnatni muhofaza qiliş va xavfsizlik böyiça asosiy çora-tadbirlar sifatida quyidagilar nazarda tutilişi kerak:

  • gazni qazib oliş, tozalaş va taşiş doirasida butun texnologik jarayonni töliq germetizatsiyalaş;
  • texnologik uskunalarni xavfsizlik uskunalari bilan jihozlaş;
  • uskunani undagi mumkin bölgan maksimal bosimdan kelib çiqqan holda, oçiq maydonlardagi jihozlar uçun esa - yozda quyoş radiatsiyasi tufayli isişini hisobga olgan holda tanlaş;
  • amaldagi qoidalar va normalar talablariga muvofiq asbob-uskunalar va boşqa tuzilmalar örtasida yonğinga qarşi çoralarni ta‘minlaş;
  • avariya holatlarida signal beruvçi uskunalarning normal işlaşini ta‘minlaş;
  • texnologik asbob-uskunalarni ta‘mirlaş işlarini işlab çiqarişda köp mehnat talab qiladigan jarayonlarni mexanizatsiyalaş.

Bugungi kunda neft va gaz sanoatida xavfsizlikni muhofaza qiliş quyidagi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi:

Özbekiston Respublikasi Sanoatda, konçilikda va kommunal-maişiy sektorda işlarning bexatar olib borilişini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat» boşliğining “Gazni qayta işlaş zavod va korxonalari uçun xavfsizlik qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi 2008-yil 28-noyabrdagi 262-son buyruği;

Özbekiston Respublikasi Sanoatda, konçilikda va kommunal-maişiy sektorda işlarning bexatar olib borilişini nazorat qiliş Davlat “Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasi boşliğining “Neft va gaz sanoatida burğulaş uskunalariga bölgan xavfsizlik uçun talablarini tasdiqlaş töğrisida”gi 2008-yil 4-dekabrdagi 279-son buyruği."

Powered by GSpeech