Sayt test rejimida ishlamoqda Saytning eski talqini


Barcha vakansiyalar

“UzGasTrade” AJ Ichki audit xizmati xodimlarini (xizmat rahbari va xodimi)ni tanlash bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.

Shahar:

Toshkent shahar

Bandlik turi:

To`liq ish vaqti

Ish haqi:

Shtat jadvaliga asosan oylik belgilanadi

Bo‘sh ish o‘rini tavsifi

“UzGasTrade” AJ Ichki audit xizmati xodimlarini (xizmat rahbari va xodimi)ni tanlash bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.

Nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:

  • oliy ta’lim (bakalavr, magistr);
  • buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida so‘nggi o‘n yil ichida kamida ikki yil davomida amaliy ish tajribasi (shu jumladan o‘rindoshlik yo‘li bilan);
  • ularni tartibga soluvchi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilish;
  • ichki auditor sertifikatining mavjudligi;
  • aksiyadorlik jamiyatida ish tajribasi;
  • MHMS va MHXS bo‘yicha sertifikatlar va ish tajribaga ega bo‘lish maqbuldir.

Tanlov www.uzgastrade.uz saytida joylashtirilgan “UzGasTrade” AJ Ichki audit xizmati xodimlarini tayinlash bo‘yicha nizomiga asosan o‘tkaziladi.Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarning hujjatlari muhrlangan konvertda quyidagi manzilga, 2024-yil 31-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 qadar yuborilishi kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 32-A uy.
  • e-mail: info@uzgastrade.uz

Murojaat uchun telefon: (55) 506-05-06 (ichki: 214).

Ariza yuborish
Powered by GSpeech