Sayt test rejimida işlamoqda


Barça yangiliklar

“UzGasTrade” AJda “Ayollar huquqlari — qonun himoyasida” mavzusida öquv-amaliy seminar taşkil etildi.

25 Noyabr 2026

13

“UzGasTrade” AJda “Ayollar huquqlari — qonun himoyasida” mavzusida öquv-amaliy seminar taşkil etildi

Bugun tizim taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, gender tenglikni taʼminlaş hamda ularning qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş maqsadida “UzGasTrade” AJda “Ayollar huquqlari — qonun himoyasida” mavzusida öquv-amaliy seminar ötkazildi.

Tadbirda jamiyatning ayol xodimlari iştirök etdilar. Seminarga maxsus mehmon sifatida “Честь и Истина ” advokatlik byurosi direktori, “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti öqituvçisi,malakali yurist Jamila Abdullayeva taklif etildi.

Tadbir davomida mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyat va davlat boşqaruvidagi faolligini oşiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanligi alohida taʼkidlandi va iştirökçilarga quyidagi muhim masalalar atrofliça tuşuntirildi:

• xotin-qizlar huquqlari va erkinliklarini kafolatlovçi milliy qonunçilikdagi sönggi özgarishlar;
• mehnat munosabatlarida ayollar uçun yaratilgan imtiyoz va kafolatlar;
• tazyiq va zöravonlikning oldini oliş hamda himoya orderi beriş tartib-taomillari;
• xotin-qizlarning kasbiy rivojlanişi va rahbarlik lavozimlariga tayyorlaş mexanizmlari.
Oçiq muloqot va savol-javob şaklida ötgan seminar davomida jamiyat ayol xodimlari özlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan mutaxassisdan batafsil javoblar olişdi. Yakunda tizim taşkilotlarida xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan bu kabi maʼrifiy tadbirlarni muntazam ötkazib borişga kelişib olindi.

Powered by GSpeech