Sayt test rejimida ishlamoqda Saytning eski talqini


Barcha vakansiyalar

“UzGasTrade” AJ boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot, transformatsiya, strategiya va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tanlov e'lon qilinadi

Shahar:

Toshkent shahar

Bandlik turi:

To'liq ish vaqti

Ish haqi:

Shtat jadvaliga asosan oylik belgilanadi

Bo‘sh ish o‘rini tavsifi

“UzGasTrade” AJ boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot, transformatsiya, strategiya va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tanlov e'lon qilinadi

“UzGasTrade” AJ boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot, transformatsiya, strategiya va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga qo‘yiladigan malakaviy talablar

I. Nomzodga qo‘yiladigan malakaviy talablar:

1) Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (diplom mutaxassisligi bo‘yicha: moliya va kredit, buxgalteriya va hisob). “MBA” darajasiga ega bo‘lgan talabgorlarga afzallik beriladi;

2) Yirik davlat korxona faoliyat yuritayotgan sohada moliya, buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog‘liq bir yoki bir nechta bo‘limlarda kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lish. Nomzod moliya faoliyati sohasida kamida besh yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

3) Strategik rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

4) Transformatsiya jarayonini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

5) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar bo‘yicha chuqur tushunchaga ega bo‘lish;

6) Moliyaviy va operatsion risklarni aniqlash, baholash va boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

7) Loyiha boshqaruvi standartlari va metodologiyalari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;

8) ERP tizimlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;

9) “Katta to‘rtlik” xalqaro audit-konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikdaish tajribasiga ega bo‘lish hamda “CIMA”, “ACCA”, “CFA”, “CIA” sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga afzalliklar beriladi.

II. Nomzoddan quyidagilar talab etiladi:

- korxonaning moliyaviy holatini chuqur tahlil qilish va uni sog‘lomlashtirish/barqarorligini oshirish yuzasidan reja ishlab chiqish;

- ikki oy muddatda korxonaning amaldagi moliyaviy holati bo‘yicha kuzatuv kengashiga batafsil hisobot va xulosani va asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;

- moliyaviy xizmat tarkibiy bo‘linmasida kadrlar salohiyatini ko‘rib chiqish va uni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

- xalqaro bozorlarda uzoq muddatli va arzon moliya manbalarini jalb qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilish;

- biznes-reja ijrosini va boshqaruv organlariga shaffof hisobot kiritib borishni nazorat qilish.

- Strategik va operatsion moliyaviy rejalarni, shu jumladan, uzoq va qisqa muddatli prognozlarni ishlab chiqish;

- Likvidlilikni boshqarish (likvidlilikni rejalashtirish va nazorat qilish);

- Investitsiya loyihalarini baholash va ustuvorlarini aniqlash amaliyotini joriy etish;

- MHXSasosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etish va davr yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni MHXSasosida tayyorlashni amaliyotini joriy etish.

Tanlov www.uzgastrade.uz saytida joylashtirilgan “UZGASTRADE” AJ boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlar lavozimiga tanlov o‘tkazish va nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi Nizomiga asosan o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar muhrlangan konvertda quyidagi manzilga Toshkent vaqti bilan 2026yil 2aprelkuni soat 18:00 gacha yuborilishi kerak: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 32A uy.

e-mail: info@uzgastrade.uz

Murojaat uchun telefon: (55) 506-05-06 (ichki: 214).

Ariza yuborish
Powered by GSpeech