1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “UzGasTrade” AJda xodimlar va ularning farzandlari uchun “Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik!” nomli kitob yarmarkasi tashkil etildi.
26 May 2026
507
Mazkur yarmarka davomida xodimlar o‘z farzandlari hamda o‘zlari uchun turli yo‘nalishdagi qiziqarli, ma’rifiy va rivojlantiruvchi kitoblar, shuningdek, badiiy adabiyotlarni xarid qildilar.
Tadbirning asosiy maqsadi xodimlar va ularning farzandlarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yosh avlodning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda oilalarda mutolaa muhitini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Kitob — tafakkur, ma’naviyat va kelajak sari yetaklovchi eng bebaho boylikdir.
Shuningdek, mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori bilan belgilangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashga oid ustuvor vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.
“UzGasTrade” AJ tomonidan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish orqali yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda farzandlar qalbida kitobga mehr uyg‘otishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Boshqa yangiliklar
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni
“UzGasTrade” AJ xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
"UzGasTrade" AJ Boshqaruv raisi A.Agzamovning "Hurriyat" gazetasida maqolasi chop etildi
Neft va gaz sanoati xodimlari kuni, Har yili sentabr oyining birinchi yakshanbasida Neft va gaz sanoati xodimlari kuni nishonlanadi.