1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni
29 Sentyabr 2026
529
Har yili 1-oktabr yurtimizda Ustoz va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana yosh avlodga bilim va tarbiya berish, ularning ma’naviy va intellektual kamolotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ustoz va murabbiylarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasidir.
Ustoz — inson hayotida o‘chmas iz qoldiradigan, bilim va tajribasi, hayotiy saboqlari bilan kelajak sari yo‘l ko‘rsatadigan mo‘tabar zot. Ustozning mashaqqatli va sharafli mehnati tufayli yosh avlod bilim oladi, kasb egallaydi, mustaqil fikrlashni, izlanishni, mehnat qilishni, Vatanga muhabbat va insonlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganadi.
Shu munosabat bilan “UzGasTrade” AJ barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, shogirdlaringiz kamolini ko‘rib, ularning yutuqlaridan faxrlanib yurish baxtini tilaymiz.
Aziz ustoz va murabbiylar, bayramingiz muborak bo‘lsin!
Boshqa yangiliklar
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda Prezident nutqining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Kiberxavfsizlik — raqamli barqarorlikning muhim omili