Sayt test rejimida ishlamoqda


Barcha yangiliklar

Kiberxavfsizlik — raqamli barqarorlikning muhim omili

7 Oktyabr 2026

16

Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi axborot resurslari va tizimlarini ishonchli himoya qilish, kiberxavflarning oldini olish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalarining ahamiyatini yanada oshirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar va amaldagi standartlar asosida “UzGasTrade” AJda ham axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, xodimlarning ushbu yo‘nalishdagi kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning davomi sifatida Jamiyatning Axborot texnologiyalari, raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi hamda Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari “Unicon.uz – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” MCHJ o‘quv markazi tomonidan tashkil etilgan “Kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi boshqaruvi” dasturi bo‘yicha malaka oshirish kursida ishtirok etdi.

O‘quv davomida ishtirokchilar kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, axborot resurslarini himoya qilish, kiberxavflarni aniqlash va baholash hamda ularning oldini olishga qaratilgan choralar bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga tegishli sertifikatlar topshirildi.

Xodimlarning kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va malakasini muntazam oshirib borish “UzGasTrade” AJda axborot xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish, axborot resurslari va tizimlarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda xavfsiz raqamli muhitni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Powered by GSpeech