QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!
26 May 2026
589
“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati jamoasi barcha yurtdoshlarimizni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan samimiy tabriklaydi.
Qurbon hayiti — mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik va insoniy qadriyatlarni ulug‘lovchi muborak ayyomdir. Ushbu qutlug‘ kunlarda qalblar ezgulik va mehr bilan yanada yaqinlashib, xonadonlarga fayz-u baraka, tinchlik va xotirjamlik kirib keladi.
Yurtimizda hukm surayotgan osoyishtalik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhiti bardavom bo‘lishini tilaymiz. Har bir oilaga mustahkam sog‘lik, farovonlik, baxt-saodat va ezgu niyatlar ro‘yobini tilab qolamiz.
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“UzGasTrade” AJ
Boshqa yangiliklar
“Zakovat”da til va tafakkur bellashuvi
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda Prezident nutqining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi