Neft va gaz sanoati xodimlari kuni, Har yili sentabr oyining birinchi yakshanbasida Neft va gaz sanoati xodimlari kuni nishonlanadi.
4 Sentyabr 2026
486
Har yili sentabr oyining birinchi yakshanbasida Neft va gaz sanoati xodimlari kuni nishonlanadi.
Shu munosabat bilan “UzGasTrade” AJ jamoasini hamda neft va gaz sanoatida mehnat qilayotgan barcha soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
Neft va gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyoti va energetika tizimida muhim o‘rin tutadi. Ushbu sohada mehnat qilayotgan insonlarning bilim va tajribasi, mas’uliyati hamda fidokorona mehnati yurtimiz energetika barqarorligini ta’minlash va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Shu qutlug‘ kunda barcha soha xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va xonadonlariga fayz-u baraka tilaymiz. Mas’uliyatli va sharafli mehnatingizda doimo muvaffaqiyat, kuch-g‘ayrat va yangi yutuqlar hamroh bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Boshqa yangiliklar
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda Prezident nutqining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Kiberxavfsizlik — raqamli barqarorlikning muhim omili