Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi
15 Iyul 2026
1669
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2026-yil 15-iyuldagi 37-son yigʻilish bayoni qaroriga muvofiq ayrim neft-gaz tarmogʻi korxonalariga sotiladigan tabiiy gazni yangi narx va tariflari belgilandi.
Unga koʻra “UzGasTrade” AJ tomonidan “Hududgaztaʼminot” AJga sotiladigan tabiiy gazning ming kub metri uchun tarifi (qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda) – 1 390 000 soʻm, “O‘ztransgaz" AJga o`z ehtiyojlari uchun sotiladigan tabiiy gazning ming kub metri uchun tarifi qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda 1 600 000 soʻmni tashkil qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan narxlar eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn besh kundan keyin kuchga kirishi maʼlum qilinadi.
(2026-yil 1-avgust sanasidan boshlab kuchga kiradi)
Boshqa yangiliklar
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda Prezident nutqining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Kiberxavfsizlik — raqamli barqarorlikning muhim omili