“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida 21-oktabr Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
27 Oktyabr 2023
394
2023-yil 20-oktyabr kuni “UzGasTrade” AJda 21-oktabr Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Ona tilim - faxrim, gʻururim" shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Jamiyatning markaziy boshqaruv va hududiy boʻlinmalar xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirni “UzGasTrade” AJ Boshqaruvi raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh. Nusharova olib bordi va ona tilimizning qadri va ahamiyati haqida mazmunli maʻruzalar oʻqidi. Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va davlat idoralarida davlat tilini rivojlantirish, davlat tilida ish yuritishni tashkil qilish boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot, mavzuga doir video lavhalar namoyish etildi.
Boshqa yangiliklar
“Zakovat”da til va tafakkur bellashuvi
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda Prezident nutqining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi