Iqtisodiy o‘sish va ustuvor vazifalar: “UzGasTrade” AJda seminar
23 Iyul 2026
24
2026-yil 22-iyul kuni “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 21-iyul kuni o‘tkazilgan, hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlari tahlili hamda yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriq va ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda Jamiyatning yosh xodimlari faol ishtirok etib, videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar, ularning mazmun-mohiyati hamda “UzGasTrade” AJ faoliyatidagi ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirish, ish samaradorligini oshirish, transformatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Seminarni tashkil etish hamda taqdimot materiallarini tayyorlash Transformatsiyani amalga oshirish bo‘limining yetakchi mutaxassisi, Jamiyatda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul A. Qodirov tomonidan amalga oshirildi.
Mazkur seminar yosh xodimlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini chuqur anglashlari, belgilangan vazifalarni o‘z faoliyatida samarali tatbiq etishlari hamda korporativ mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qildi.
Boshqa yangiliklar
Qonunchilikdagi yangilik: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi
Yoshlar kuni doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va “Kitobxonlik soati” o‘tkazildi
"UzGasTrade" AJ Boshqaruv raisining murojaatnomasi