UzGasTrade JSC is being established for the centralized purchase and sale of natural gas
12 February 2023
2874
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2022-yil 15-iyun kuni «Tabiiy gaz bozorini isloh qilişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorini imzolagan.
Mazkur hujjatga asosan tabiiy gazni markazlaşgan tartibda xarid qiliş va sotiş funksiyasini bajaruvçi "UzGasTrade" AJ aksiyadorlik jamiyati taşkil etilgan. Hozirgi kunga qadar bu funksiya bilan «Öztransgaz» AJ kompaniyasi şuğullanib kelgan. Endilikda, u gazni taşiş, saqlaş va tranzit taşişga ixtisoslaşgan magistral gaz transporti tizimining yagona operatori böladi.
Qaror bilan 2022-yil 1-avgustdan boşlab "UzGasTrade" AJ:
- tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi işlab çiqaruvçilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda va import orqali taşqi manbalardan markazlaşgan tartibda xarid qiliş;
- «Hududgazta’minot» AJga va magistral gaz uzatiş tizimiga ulangan iste’molçilarga tabiiy gazni töğridan-töğri şartnomalar asosida sotiş, şu jumladan, prezident qarorlarida közda tutilgan holatlardan taşqari yagona eksport qiluvçi funksiyani bajaradi.
Bunda, mahsulot taqsimotiga oid bitimlarni hamda mahalliy işlab çiqaruvçilar, qöşma korxonalar va “UzGasTrade” AJ örtasidagi tabiiy gazni xarid qiliş töğrisidagi şartnomalarni rasmiylaştiriş işlari 2022-yil 1-avgustga qadar «Öztransgaz» AJ tomonidan bajariladi.
«Öztransgaz» AJ va «Hududgazta’minot» AJ respublika böyiça gaz taqsimlaş stansiyalari va sanoat tugunlarini xatlovdan ötkazib, uşbu obyektlar orqali xizmat körsatiladigan iste’molçilarga boğliq holda ularni qayta taqsimlaydi. Özbekistonda gaz uzatiş tizimini, şu jumladan, yer osti gaz saqlaş omborlari infratuzilmasini 2040-yilgaça rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş strategiyasini işlab çiqiladi.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasi Energetika vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi va Davlat soliq qömitasi bilan ikki oy muddatda «Öztransgaz» AJ magistral gaz uzatiş tizimidagi barça kiriş va çiqiş nuqtalarida örnatilgan gaz hisoblagiçlarni xatlovdan ötkazib, ularning ustidan onlayn nazorat örnatadi.
Belgilanişiça, “UzGasTrade” AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketi böyiça aksiyador huquqi Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oşiriladi. Taşkilotning ustav kapitali Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablağlarining bir qismi hisobidan şakllantiriladi.
Tabiiy gazni sotib oliş va içki bozorda uni sotiş bilan boğliq 2022-yil 1-avgust holatiga köra mavjud debitor va kreditor qarzdorliklar böyiça barça huquq va majburiyatlar «Öztransgaz» AJ zimmasida qoladi.
Qarorga köra, «Öztransgaz» AJning tabiiy gazni xarid qiliş va sotiş şartnomalari hamda bitimlari, şu jumladan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar böyiça huquq va majburiyatlari 2022-yil 1-avgustdan boşlab “UzGasTrade” AJga ötadi. Uşbu taşkilot tomonidan tabiiy gazni import qiliş tender, tanlov hamda hukumat qarori asosida töğridan-töğri muzokaralar natijalariga köra amalga oşiriladi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan “UzGasTrade” AJning tabiiy gazni sotib oliş va sotiş narxlaridagi tafovut sababli yuzaga keladigan zararlarini qoplaş va operatsion faoliyatini moliyalaştiriş maqsadida:
- ikki hafta muddatda “UzGasTrade” AJning faoliyatini moliyalaştiriş uçun zarur böladigan mablağlar hisob-kitobi va manbai böyiça aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
- bir oy muddatda «2022-yil uçun Davlat budjeti töğrisida»gi qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
- keyingi yillarda uşbu maqsadlar uçun subsidiyalarni «Davlat budjeti töğrisida»gi qonun loyihalarida nazarda tutiladi.
Eslatib ötamiz, «Öztransgaz» AJ 2021-yilni 2,51 trn söm (2021-yil uçun örtaça yillik kurs böyiça 236,2 mln dollar), 2020-yilni 3,57 trln söm (354,7 mln dollar) zarar bilan yakunladi. «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbasiga köra, bugungi kunda kompaniyaning umumiy qarzi 2 mlrd dollardan oşgan.
Avval xabar berganimizdek, 1-iyuldan Özbekistonda elektr energiyasi va gaz narxlarini oşiriş, şuningdek, energiya resurslarini iste’mol qilişda ijtimoiy normalarni joriy etiş taklif qilinmoqda.