2026-yil: korrupsiyaga qarshi kurashda hal qiluvchi bosqich
23 Fevral 2026
106
2026-yil O‘zbekistonda korrupsiya illatiga qarshi kurashda sifat jihatidan yangi va hal qiluvchi bosqich sifatida tarixga kirmoqda. Jamiyat hayotining barcha sohalarida ochiqlik, halollik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar, strategiyalar va amaliy chora-tadbirlar 2026-yilga kelib yanada keskin va tizimli tus oldi. Bu yilda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirilib, uning ildizlarini bartaraf etishga qaratilgan qat’iy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, davlat organlari faoliyatida shaffoflikni oshirish, mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish hamda jamoatchilik nazoratini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurash faqat davlat idoralarining emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasi sifatida qaralmoqda.
2026-yilda olib borilayotgan ishlar mazmun-mohiyati bilan korrupsiyaga qarshi kurashda “favqulodda holat” darajasidagi qat’iyat va safarbarlikni anglatadi. Bu esa jamiyatda adolat, ishonch va qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
“UzGasTrade” AJda ham bu borada muntazam targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Zero, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash — barqaror taraqqiyot, iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligining eng muhim kafolatlaridan biridir.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili bo‘yicha maslahatchi
Sh. Nusharova
Boshqa yangiliklar
Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
“O‘zbekiston Prokuraturasi tarixi” muzeyiga tashrif tashkil etildi
Jamiyatda Juma — milliy liboslar kuni yuqori ruhda o‘tkazildi