MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
28 Avgust 2026
210
Qadrli vatandoshlar!
“UzGasTrade” AJ jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Mustaqillik — xalqimizning bebaho boyligi, milliy o‘zligimiz, erkin va farovon hayotimiz hamda kelajakka bo‘lgan yuksak ishonchimizning mustahkam poydevoridir. O‘tgan yillar davomida mamlakatimiz taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘lidan izchil odimlab, barcha sohalarda ulkan o‘zgarish va yangilanishlarga erishdi.
Bugun Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalq farovonligini yuksaltirish, iqtisodiyotni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va Vatanimiz ravnaqini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mustaqillik bergan imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va xotirjamlik, xonadonlariga fayz-u baraka, ezgu ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Ona Vatanimiz tinch, xalqimiz farovon, yurtimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“UzGasTrade” AJ jamoasi
Boshqa yangiliklar
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda Prezident nutqining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Kiberxavfsizlik — raqamli barqarorlikning muhim omili