Mustaqillik bayrami oldi tadbirlari davom etmoqda: dam olish kunlarida xodimlarning muzeylarga tashriflari tashkil etilmoqda
22 Avgust 2025
556
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligini munosib nishonlash yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq joriy yilning 16-avgust, shanba kunida “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati xodimlarining respublikaning noyob geologik merosi ekspozitsiyalari jamlangan Davlat geologiya muzeyiga tashrifi tashkil etildi. Tashrif buyurganlar muzeyda Yerning geologik taraqqiyot bosqichlari, davrlar izini qoldirgan oʻzgarishlar, qadimgi togʻ-kon sanoat qazilmalari, qadimgi jonzotlar, dinozavrlar qoldiqlari, ularning tosh qotgan qadam izlari, toshlarda muhrlanib qolgan boshqa jonzotlar va asosiysi, Oʻzbekistonning geologik boyligi va turfa xilligiga guvoh boʻlishdi, shuningdek, muzey xodimlari tomonidan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollar boʻyicha batafsil maʼlumotga ega boʻldilar.
Boşqa yangiliklar
HALOLLIK — IŞONÇ — TARAQQIYOT ASOSI
“Zakovat”da til va tafakkur bellashuvi
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi