Oʻzbek xalqida goʻzal urf-odatlar, asrlar osha saqlanib kelayotgan qadriyatlar bisyor. Ana shunday qadriyatlarimizdan biri bu hashardir.
25 Avgust 2025
436
Mamlakatimiz boʻylab yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi shodiyonalari munosabati bilan “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boʻlib oʻtdi. Bayram oldi barcha jabhalarda boʻlgani kabi “UzGasTrade” AJda ham hashar oʻtkazildi. Xayriya tadbirida Jamiyatda mehnat qilayotgan xodimlar hasharda jonbozlik koʻrsatdi. Jamiyat joylashgan bino va bino atrofida obodlashtirish ishlari olib borildi. Shuningdek, hasharda Jamiyatning viloyat joylashgan hududiy boʻlinma vakillari ham faollik koʻrsatishdi. “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida oʻtkazilayotgan umumxalq xayriya hashari barcha hududiy boʻlinmalarda uyushqoqlik bilan davom etdi.
Boşqa yangiliklar
HALOLLIK — IŞONÇ — TARAQQIYOT ASOSI
“Zakovat”da til va tafakkur bellashuvi
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi