“Qatagʻon qurbonlari xotirasi unutilmaydi”
20 Avgust 2025
414
Joriy yilning 14-avgust sanasida “UzGasTrade” AJda markaziy va hududiy boʻlinmalar xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34-yilligi hamda qatagʻon qurbonlari xotirasini yod etish kuni munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan “Qatagʻon qurbonlari xotirasi unutilmaydi” badiiy kechasi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda mustaqillikdan soʻng erishilgan yutuqlar, musaffo osmonimiz va tinchligimiz uchun shukronalik, mustabid tuzum davrida xalqimizning koʻzga koʻringan vakillari – davlat arboblari, adabiyot, madaniyat va sanʼat namoyondalari, ziyoli kishilar qatorida koʻplab oddiy fuqarolar ham “xalq dushmani” tamgʻasi bilan jazolangan va qatagʻon qurbonlari xotirasi yod etildi. Shuningdek, Respublika Maʼnaviyat-maʼrifat markazi tomonidan taqdim etilgan “Jadidlar”, “Mustaqillik oliy neʼmat”, “Millat oydinlari - turnalar karvoni eslatar sizni” nomli va oxirgi yillarda amalga oshirilgan ulkan islohotlar aks etgan videolavhalar namoyish etildi. Tadbir Markaziy temiryoʻlchilar madaniyat saroyi yakkaxon xonandasi Nursuluv Tursunova hamda „Yunus Rajabiy“ nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti ansamblining joʻrnavozi, sozanda Umidjon Malikov ishtirokida milliy kuy-qoʻshiqlardan iborat kichik konsert dasturi bilan koʻtarinki ruhda yakunlandi.
Boshqa yangiliklar
Amir Temur tavalludining 690 yilligi – yurtimiz bo‘ylab yuksak ehtirom bilan nishonlandi
“UzGasTrade” AJda “Amir Temur – adolat va davlatboshqaruv maktabi” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
VIII Toshkent xalqaro marafoni – 2026
RAMAZON HAYITI MUBORAK!