“UzGasTrade” AJda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan kitob yarmarkasi tashkil etildi
27 Oktyabr 2025
8
Joriy yilning 27-oktabr kuni “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar doirasida “Kitob – maʼnaviyat koʻzgusi” nomli kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarka “O‘zbekiston” nashriyoti bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tadbirning bosh maqsadi – jamiyat xodimlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, maʼnaviy boylik va ilmga intilishni rag‘batlantirishdan iboratdir.
Tadbir davomida o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, zamonaviy nasr va sheʼriyat namunalari, shuningdek, tarix, iqtisodiyot, psixologiya va kasbiy rivojlanishga oid kitoblar keng namoyish etildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan asarlarni xarid qilish, nashriyot vakillari bilan suhbatlashish va tavsiyalar olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish, tilimiz va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlash, hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boşqa yangiliklar
HALOLLIK — IŞONÇ — TARAQQIYOT ASOSI
“Zakovat”da til va tafakkur bellashuvi
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi