Sayt test rejimida ishlamoqda Saytning eski talqini


Barcha yangiliklar

“UzGasTrade” AJda siyosiy-ma’rifiy soat va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi

3 Noyabr 2025

11

             Joriy yilning 31-oktabr kuni “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida haftaning yakuniy ish kuni siyosiy-ma’rifiy soat bilan boshlandi. Tadbir davomida jamiyat xodimlariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, iqtisodiy o‘sish sur’atlari, xalq farovonligini oshirishga qaratilgan yangicha tashabbuslar haqida so‘z yuritildi.

Ma’ruzachilar tomonidan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, “Inson qadri — oliy qadriyat” tamoyilining hayotimizdagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilari uchun bu suhbat nafaqat ma’lumot, balki ruhiy turtki bo‘ldi — jamiyatda o‘z o‘rnini topish, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shundan so‘ng, xodimlar, ayniqsa yosh mutaxassislar o‘rtasida “OAV va internet tarmoqlaridan samarali foydalanish madaniyatini oshirish hamda gʻoyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitet” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida ishtirokchilar axborot oqimlari bilan to‘yingan hozirgi davrda har bir insonning axborotga nisbatan tanqidiy yondashuvi, internetdagi manbalarni ajrata bilish ko‘nikmalari naqadar muhimligi haqida bahs-munozara olib bordilar.
             Mutaxassislar yoshlarga axborot xurujlari, manipulyativ targ‘ibotlar va feyk yangiliklarga qarshi ongli munosabatda bo‘lish, shuningdek, milliy g‘oya, ma’naviyat va vatanparvarlik qadriyatlariga sodiqlik ruhida yashash zarurligini uqtirdilar. Shu bilan birga, mutaxassislar tomonidan tayyorlangan mavzuga oid targ‘ibot materiallari ham namoyish etildi.

Tadbir erkin muloqot tarzida o‘tdi — ishtirokchilar o‘z fikrlarini bayon etdilar, savol-javoblar orqali dolzarb masalalarga aniqlik kiritildi.

Shu kuni, an’anaga ko‘ra, “Juma — milliy liboslar kuni” munosabati bilan jamiyat xodimlari milliy liboslarda faol ishtirok etdilar. Mazkur tadbir jamoada ma’naviy ko‘tarinkilik, bir-biriga hurmat va birdamlik muhitini yanada mustahkamladi.

Powered by GSpeech