Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!
23 Aprel 2024
192
Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, (https://lex.uz/ru/docs/-6000285) joriy yilning mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi (Reyestr loyihasi) shakllantirildi.
Reyestr loyihasi Agentlik tomonidan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirildi.
Keng jamoatchilik ushbu havola orqali (http://e-anticor.uz/oz/ratings/registry) davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.
Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlari shakllantirilib, davlat tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va yil yakuniga qadar belgilangan choralar amalga oshiriladi.
——————————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Boshqa yangiliklar
“O‘zbekiston Prokuraturasi tarixi” muzeyiga tashrif tashkil etildi
Jamiyatda Juma — milliy liboslar kuni yuqori ruhda o‘tkazildi
Xodimlar malakasini oshirish ishlari izchil davom etmoqda
2026-yil: korrupsiyaga qarshi kurashda hal qiluvchi bosqich