“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida targʻibot ishlari davom etmoqda
17 Noyabr 2024
392
2024-yilning noyabr oyi – “Energetika xavfsizligi oyligi” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish, ulardan oqilona foydalanish, qish mavsumiga munosib tayyorgarlik koʻrish hamda energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda belgilangan ustuvor vazifalar doirasida “UzGasTrade” AJning hududiy boʻlinmalari va joylardagi masʼullar bilan hamkorlikda seminarlar tashkil etilmoqda.
Xususan, joriy yilning 14-noyabr sanasida Qashqadaryo viloyatida “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Muborak issiqlik elektr markazida seminar boʻlib oʻtdi.
Mazkur seminarda “UzGazTrade” AJ Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlinmasi xodimlari, Issiqlik elektr markazi boʻlim va sex boshliqlari, muhandis-texnik xodimlar hamda ishchi xodimlar ishtirok etdi.
Seminarda 2024-yilning noyabr oyi – “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida korxonada qurilmalarni texnik ekspluatatsiya qilish choralarini koʻrish, kuz-qish mavsumida ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlashga qaratilgan profilaktik tadbirlarni isteʼmolchilar orasida targʻibot ishlarini keng olib borish boʻyicha kelishib olindi.
Shuningdek, energiyani tejash, tejamkor uskunalarni oʻrnatish boʻyicha amaliy ishlar hamda kelgusidagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarga toʻxtalib oʻtildi.
Boşqa yangiliklar
HALOLLIK — IŞONÇ — TARAQQIYOT ASOSI
“Zakovat”da til va tafakkur bellashuvi
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi