Jamoaviy rivojlanish тreningi o`tkazildi
2 Dekabr 2025
429
Joriy yilning 28-noyabr kuni “UzGasTrade" jamiyatida xodimlarning ma’naviy-psixologik holati, jamoada o‘zaro anglashuv va hamkorlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli psixologik trening tashkil etildi. Trening davomida ishtirokchilar shaxsiy rivojlanish, muloqot madaniyati, fikrni to‘g‘ri ifoda etish, stress holatlarida o‘zini boshqarish kabi yo‘nalishlarda malaka oshirishdi. Turli interaktiv o‘yinlar, guruh mashqlari va ijodiy – rasmlar chizish topshiriqlari orqali xodimlarning fe’l-atvori, hissiy holati va jamoada tutgan o‘rni chuqur tahlil qilindi. Mashg‘ulot yakunida har bir ishtirokchiga individual tavsiyalar berilib, jamoada birlik, samimiylik, o‘zaro hurmat va ahillikni kuchaytirish bo‘yicha amaliy yo‘nalishlar taqdim etildi. Bunday treninglar xodimlarning psixologik barqarorligini mustahkamlash, ish jarayonida samaradorlikni oshirish hamda sog‘lom muhitni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
Neft va gaz sanoati xodimlari kuni, Har yili sentabr oyining birinchi yakshanbasida Neft va gaz sanoati xodimlari kuni nishonlanadi.
“UzGasTrade” AJda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
31-AVGUST — QATAG‘ON QURBONLARINI YOD ETISH KUNI