Psixologik trening
5 Avgust 2025
307
Joriy yilning 1-avgust sanasi, xaftaning juma kunida “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning ruhiy zoʻriqishi, xizmatga boʻlgan ishtiyoqini oshirish, oʻziga boʻlgan ishonchini mustahkamlash hamda shaxsiy fikrlarini rivojlantirish maqsadida “Jamoada sogʻlom psixologik muhitni shakllantirish va stresslarni bartaraf etish yoʻllari” mavzusida psixologik trening tashkil etildi. Treningni Oʻzbekiston Respublikasi biznes va fan universiteti professori, psixolog-konsultant, biznes-trener Shomurotova Nigoraxon Nabijonovna olib bordi va dastlab stressga olib keluvchi ziddiyatli vaziyatlar, kam harakatlilik, hayotdagi bir xillikdan zerikish, zararli onlayn oʻyinlarga berilib ketish oqibatlari va ulardan chiqish yoʻllari haqida tushuncha berdi. Shuningdek, xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish, shaxsiy rivojlantirishga, shaxsni psixologik, yaʼni, ruhiy jihatdan erkinlikka chiqarish, ishtirokchilar tabiiy erkinlikni his etishi, oʻz jamoasi va undan tashqarida oʻzaro munosabatlarda aloqa oʻrnata olishni shakllantirishga qaratilgan mashqlar oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan psixologik trening mashgʻulotlari orqali xodimlarning oilasidagi rollari va ruhiy taranglik holatlari vizual diagnostik test orqali aniqlandi. Mandalalar tanloviga koʻra ruhiy barqarorlik darajasi aniqlandi. Test topshiriq metodikasi orqali irodaviy sifatlari va darajalari aniqlanib, motivatsion faollashish uchun kerakli maslahatlar berildi.
Shuni alohida taʼkidlab oʻtish kerakki, “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati xodimlarining Respublikamiz boʻylab urfga aylangan, haftaning har jumasi milliy liboslar kuni munosabati bilan kiyinish madaniyatida milliylikka urgʻu berayotganliklari koʻzni quvontirdi va faxr tuygʻusini uygʻotdi.
Boshqa yangiliklar
QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “UzGasTrade” AJda xodimlar va ularning farzandlari uchun “Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik!” nomli kitob yarmarkasi tashkil etildi.
“UzGasTrade” AJda “Burch, matonat, jasorat” shiori ostida “Millat fidoyilari xotiramizda mangu yashaydi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “Inson qadri uchun” ochiq muloqoti o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJ xodimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi