Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda ortiqcha sarf-xarajatlarni qisqartirish va yoshlar tarbiyasiga qaratilgan targʻibot tadbiri
13 Avgust 2025
387
Bugun “UzGasTrade” AJda markaziy va hududiy boʻlinmalar xodimlari ishtirokida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda ortiqcha sarf-xarajatlarni qisqartirish va yoshlar tarbiyasiga qaratilgan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbir joriy yilning 13-16-avgust kunlariga moʻljallangan xodimlar malakasini oshirishga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlar doirasida oʻtkazildi.
Mazkur tadbirni Boshqaruv raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.Nusharova olib bordi va dabdabali toʻy marosimlari, isrofgarchilikka yoʻl qoʻyish, ortiqcha shuhratparastlik va ularning salbiy oqibatlari, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishning amaldagi tartibi haqida soʻzladi va milliy qadriyatlarimizga yot boʻlgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy koʻrinishlarining oldini olish, oila maʼnaviyati, axloqi va ajdodlarimizning mustahkam oila haqidagi oʻgitlaridan iborat tavsiyalar berdi. Bundan tashqari yoshlar tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish toʻgʻrisida alohida toʻxtalib oʻtdi. Tadbir Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti tomonidan tayyorlangan “Ijtimoiy tarmoqlar taʼsiri”, “Ijtimoiy radikallashuvga qarshi kurashning maʼnaviy asoslari” kabi yoshlar tarbiyasiga oid targʻibot materiallari bilan boyitildi.
Boshqa yangiliklar
Neft va gaz sanoati xodimlari kuni, Har yili sentabr oyining birinchi yakshanbasida Neft va gaz sanoati xodimlari kuni nishonlanadi.
“UzGasTrade” AJda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
31-AVGUST — QATAG‘ON QURBONLARINI YOD ETISH KUNI