“UzGasTrade” AJ Boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarini tanlash boʻyicha tanlovni eʼlon qiladi
17 Dekabr 2024
178
“UzGasTrade” AJ Boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot
va transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga qoʻyiladigan malakaviy talablar:
I. Nomzodga qoʻyiladigan malakaviy talablar:
1) Oliy maʼlumotga ega boʻlish (diplom mutaxassisligi boʻyicha: moliya va kredit, buxgalteriya va hisob), “MBA” darajasiga ega boʻlgan talabgorlarga afzallik beriladi;
2) Yirik davlat korxona faoliyat yuritayotgan sohada moliya, buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bogʻliq bir yoki bir nechta boʻlimlarda kamida uch yillik hamda moliya faoliyati sohasida kamida besh yillik ish tajribasiga ega boʻlishi;
3) Strategik rejalashtirish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
4) Transformatsiya jarayonini boshqarish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
3) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar boʻyicha chuqur tushunchaga ega boʻlishi;
5) Moliyaviy va operatsion risklarni aniqlash, baholash va boshqarish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
6) Loyiha boshqaruvi standartlari va metodologiyalari boʻyicha tushunchaga ega boʻlishi;
7) ERP tizimlari boʻyicha tushunchaga ega boʻlishi;
8) “Katta toʻrtlik” xalqaro audit-konsalting kompaniyalarida ish tajribasiga ega boʻlishi hamda “CIMA”, “ACCA”, “CFA”, “CIA” sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlarga afzalliklar beriladi.
II. Nomzoddan quyidagilar talab etiladi:
- korxonaning moliyaviy holatini chuqur tahlil qilish va uni sogʻlomlashtirish/barqarorligini oshirish yuzasidan reja ishlab chiqish;
- ikki oy muddatda korxonaning amaldagi moliyaviy holati boʻyicha Kuzatuv kengashiga batafsil hisobot va xulosani, shuningdek, asosiy moliyaviy koʻrsatkichlarni yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish;
- moliyaviy xizmat tarkibiy boʻlinmasida kadrlar salohiyatini koʻrib chiqish va uni kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
- xalqaro bozorlarda uzoq muddatli va arzon moliya manbalarini jalb qilish boʻyicha dastur ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilish;
- biznes-reja ijrosini nazorat qilish va boshqaruv organlariga shaffof hisobot kiritib borish.
- Strategik va operatsion moliyaviy rejalarni, shu jumladan, uzoq
va qisqa muddatli prognozlarni ishlab chiqish;
- Likvidlilikni boshqarish (likvidlilikni rejalashtirish va nazorat qilish);
- Investitsiya loyihalarini baholash va ustuvorlarini aniqlash amaliyotini joriy etish;
- MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etish va davr yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotlarni MHXS asosida tayyorlashni amaliyotini joriy etish.
Tanlov www.uzgastrade.uz saytida joylashtirilgan “UZGASTRADE” AJ boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlar lavozimiga tanlov oʻtkazish va nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomiga asosan oʻtkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar muhrlangan konvertda quyidagi manzilga Toshkent vaqti bilan 2025-yil 17-yanvar kuni soat 18:00 gacha yuborilishi kerak: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi 32A uy.
E-mail: info@uzgastrade.uz
Murojaat uchun telefon: (55) 506-05-06 (ichki: 214).
Boshqa yangiliklar
Yangi yil tabrigi!
R. Tulyaganovning “Inson va qonun” gazetasida maqolasi chop etildi
Prezidentimiz 2026-yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etdi.