“UzGasTrade” AJda Oʻzbek tili bayrami keng nishonlanmoqda!
8 Oktyabr 2024
365
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʻnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati va tarixidir.
1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash boʻyicha “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, unga koʻra oʻzbek tiliga – Davlat tili maqomi berilgan. 2020-yil 10-apreldagi OʻRQ-615-son Qonuniga asosan esa 21-oktabr mamlakatimizda Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilangan.
“UzGasTrade” AJda kunikecha oʻzbek tiliga – Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan madaniy-maʻrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Dastavval, tadbir ishtirokchilariga oʻzbek tilining boy tarixi, xususan, Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Avloniy va shu kabi buyuk bobokalonlarimizning ona tilimiz rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi haqida soʻz yuritildi. Oʻzbek tiliga oʻtmishda boʻlgan toʻsiqlar va bugungi kunda berilayotgan yuksak eʻtibor xususida ham tadbir ishtirokchilariga maʻlumotlar berildi.
Tadbir davomida ham ishtirokchilarning madaniy hordiq chiqarishlari, ham Oʻzbek milliy maqom sanʻatini yanada rivojlantirish hamda soha vakillari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida mavzuga mos milliy kuy-qoʻshiqlar kechasi tashkil etildi.
Boşqa yangiliklar
HALOLLIK — IŞONÇ — TARAQQIYOT ASOSI
“Zakovat”da til va tafakkur bellashuvi
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi