Sayt test rejimida ishlamoqda


Barcha yangiliklar

“UzGasTrade” AJda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

2 Sentyabr 2026

22

Tadbirda, “UzGasTrade”AJ Boshqaruv raisi Alisher Agzamov yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami va yuksak e’tirof bilan muborakbod etdi, ularga ezgu tilaklar bildirdi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligi — xalqimizning fidokorona mehnati, ulkan irodasi va bunyodkorlik salohiyati bilan bosib o‘tilgan murakkab va sharafli taraqqiyot yo‘lining yorqin ifodasidir. Ayniqsa, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonni barpo etish, inson qadrini ulug‘lash, xalq farovonligini oshirish, iqtisodiy salohiyatni yuksaltirish hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish borasida salmoqli natijalarga erishilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan, davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish yo‘lida samarali mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanganligi takidlandi.

Tadbirda, “UzGasTrade” AJning besh nafar xodimiga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

 

Powered by GSpeech